11:11 / 09.06.2015
2755

O‘zbekiston teatrlarining "Seni kuylaymiz, zamondosh!" festivali boshlandi

8 iyun kuni Milliy akademik drama teatrida ushbu respublika ko‘rik-festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tashkil etilayotgan festival davomida ijodiy jamoalarning sara spektakllari namoyishi, yetuk san'atkorlar ishtirokida mahorat saboqlari, ijodiy uchrashuv va muloqotlar, «Sahnada zamondosh obrazi» mavzuidagi anjuman bo‘lib o‘tadi.

Bu yilgi festivalga tayyorgarlik jarayonida Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda ish olib borildi. Festivalga taqdim etilgan asarlarni yanada takomillashtirish, ularni sahnalashtirish jarayonida yangi-yangi ijodiy izlanishlarni qo‘llashga alohida e'tibor qaratildi. Ko‘rik-festivalda ishtirok etish uchun ijodiy jamoalar tomonidan 30 dan ortiq sahna asari tavsiya etildi. Ular teatrshunos olimlar tomonidan saralanib, ko‘rik-festival uchun 11 spektakldan iborat dastur shakllantirildi.

Ko‘rik-festival Buxoro viloyati musiqali drama teatrining «Burch» spektakli namoyishi bilan boshlandi.

Top