Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotida transport sektorining ulushi 9 foizdan oshadi
Ayni kunlarda O‘zbekiston YaIMning 9 foizidan ko‘proq transport sektoriga yo‘naltirilgan. Bu ma'lumot transport va logistika bo‘yicha xalqaro konferensiya davomida keltirib o‘tildi.
Transport yo‘llarini kengaytirish siyosati xalqaro transport yo‘nalishlarining kengayishi va diversifikatsiyasiga olib keldi. Joriy yilning birinchi choragida mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 6.8 mlrd dollarni tashkil qildi, ya'ni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5.5 foizga o‘sish kuzatildi. Shu jumladan, eksport hajmi 3.5 mlrd dollarni tashkil qilib, 13.9 foizga oshdi; import hajmi 3.3 mlrd dollarni tashkil qilib, 2 foizga oshdi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 168 mln dollarni tashkil qildi.
Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo hamkori bo‘lib qolmoqda. Uning tovar aylanmasidagi umumiy ulushi 24.5 foizni tashkil qiladi. Bundan tashqari, Xitoy (12 foiz), Qozog‘iston (6.1 foiz) va Janubiy Koreya (5.2 foiz) asosiy hamkorlar sirasiga kiradi.