12:37 / 09.06.2015
3242

Putin Rimda Berluskoni bilan uchrashishi mumkin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rimga uyushtiradigan tashrifi doirasida siyosatchi, sobiq bosh vazir Silvio Berluskoni bilan uchrashishi mumkin. Bu haqda Rossiya yetakchisining o‘rinbosari Yuriy Ushakovga tayangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.
Bundan tashqari, u Putin va Rim papasi Frantsisk o‘rtasida o‘tkaziladigan muzokaralarning mavzusi haqida gapirib o‘tdi:
“Ikki tomonlama munosabatlar, dolzarb xalqaro muammolar, xususan, Ukrainadagi vaziyat, Yaqin Sharqdagi xristianlar ahvoli va ularning manfaatlarini himoya qilish zarurati muhokama qilinadi”.

Top