17:47 / 09.06.2015
2523

Qozog‘istonda raketalarga qarshi mudofaa tizimining yaqin masofali aksilraketasi uchirildi

Rossiya harbiy kosmik mudofaa qo‘shinlari Qozog‘iston hududida raketalarga qarshi mudofaa tizimining yaqin masofali aksilraketasi uchirilishini muvaffaqiyat bilan amalga oshirdi. Bu haqda mudofaa vazirligi axborotiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“9 iyun kuni harbiy kosmik mudofaa qo‘shinlari Sarichag‘on poligoni harbiy hisobi va harbiy sanoat vakillari tomonidan Moskva vaqti bilan 11:32da Rossiya raketalarga qarshi mudofaa tizimining yaqin masofali aksilraketasining tajribaviy uchirilishi muvaffaqiyat bilan amalga oshirildi”, – deyiladi xabarnomada.

Top