Sport | 18:47 / 09.06.2015
1030
1 daqiqa o‘qiladi

"Spartak" Alenichev bilan "2-1" ko‘rinishidagi shartnoma imzoladi

"Spartak" jamoasi 9 iyun kuni Dmitriy Alenichev bilan shartnoma tuzgani haqida ma'lum qilindi. Bu haqda TASS nashri xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, moskvaliklar ushbu murabbiy bilan 2 yillik shartnoma tuzgan va keyinchalik bu muddat yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

"Spartak"da Alenichevga uning futbolchilik faoliyatidagi jamoadoshlari Dmitriy Ononko va Yegor Titov yordamchilik qilishadi.

Jamoa 10 iyun kuni yangi bosh murabbiyning taqdimot marosimini o‘tkazishni rejalashtirgan.

Ma'lumot uchun, Alenichev o‘tgan mavsumda Tulaning "Arsenal" jamoasini boshqargan va va bu jamoa bilan turnir jadvalida eng quyi o‘rinni egallagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish