Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:21 / 09.06.2015
2922
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiyada otishma paytida huquqni muhofaza qilish tashkiloti yetakchisi o‘ldirildi
Turkiyaning janubi-sharqida otishma paytida huquqni muhofaza qilish tashkiloti yetakchisi Aytak Baran o‘ldirildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea oqibatida yana 3 kishi halok bo‘ldi. Otishma asosan kurdlar yashaydigan hududda amalga oshirilgan.
Xabarda aytilishicha, ayni paytda voqea tavsilotlari o‘rganilmoqda.
Avvalroq Turkiyada 13 yildan beri birinchi marta mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Adolat va rivojlanish partiyasi parlamentdagi ko‘pchilik o‘rindan mahrum bo‘ldi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish