15:13 / 09.06.2015
4951

Voetbalkrant: "Barselona"ning 4 nafar futbolchisi YeChLning oltin medallarini qaytarib beradi

"Barselona" jamoasi darvozabonlari Klaudio Bravo va Xordi Masip hamda himoyachilar Tomas Vermalen va Duglas Pereyra YeChL finalida o‘zlariga topshirilgan medallarni qaytarib berishga qaror qilishdi. Bu haqda Voetbalkrant xabar bergan.

Bu futbolchilar joriy mavsumda YeChL o‘yinlarining birontasida maydonga tushishmagani uchun, vijdon amri bilan shunday yo‘l tutishgani aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, joriy mavsumda "Barselona" ichki chempionat o‘yinlarida faqat Bravoni, kubok o‘yinlarida esa Mark-Andre ter-Shtegenni o‘ynatdi. Duglas esa YeChLning bironta o‘yinida ham qaydnomaga kiritilmagan. Mavsum avvalida "Arsenal"dan sotib olingan Vermalen esa jarohat tufayli o‘yinlarda ishtirok eta olmadi.


Top