Xitoy shimolida ro‘y bergan ommaviy otishma natijasida 4 kishi hayotdan ko‘z yumdi, ulardan 2 nafari politsiyachilar, deb xabar beradi Reyter nashri.
Otishma 9 iyun kuni Xebey provinsiyasida yuz berdi. Hukumat hodisa yuzasidan tergov ishlarini boshlab yubordi.
Qayd etilishicha, Xitoyda politsiyachilarning qattiqqo‘l nazorati odamlarning noroziligiga sabab bo‘lib, tez-tez otishma chiqib turadi.