Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 00:41 / 10.06.2015
5428
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh Davlat departamentida IShID ustidan g‘alaba qozonishga 3-5 yil talab qilinishi mumkinligi aytilmoqda
AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Jon Kirbi Iroqda IShID terrorchilik guruhi ustidan g‘alaba qozonish uchun 3-5 yil talab qilinishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Kirbi agar AQSh va barcha ittifoqchi qo‘shinlar Iroqqa to‘liq qirib borgan taqdirda ham bu muammo harbiy yo‘l bilan “bir kunda” hal qilinmasligi, balki unga 3-5 yil ketishi mumkinligini aytdi. Uning ta'kidlashicha, bu g‘alabaga “Iroqning o‘zi erishishi kerak”.