Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Vatikanni Rossiyadan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi
AQSh rasmiylari Rim papasi Frantsiskka Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida Rossiyani Ukrainadagi ixtilofda ishtirok etgani uchun qattiqroq tanqid ostiga olishi zaruratini eslatib qo‘ydi. Bu haqda Reuters agentligining axborotidan ma'lum bo‘ldi.
“Bu uchrashuv Oliy Hazratlari o‘z xavotirlarini shaxsiy suhbat asnosida bildirishi uchun yaxshi imkoniyatdir. Albatta, papa Frantsisk Ukraina sharqidagi vaziyatdan boxabar”, – ta'kidladi AQShning Vatikandagi elchisi Ken Xakket bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, Putin Italiyaga yetib keldi va mamlakat bosh vazir Matteo Rentsi bilan uchrashishga ulgurdi. Shuningdek, Safar chog‘ida u EXPO-2015 ko‘rgazmasida bo‘ladi, Italiya prezidenti Serjo Mattarella bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Bundan tashqari, Rim papasi Frantsisk bilan rasmiy uchrashuv belgilangan. Sobiq bosh vazir Silvio Berluskoni bilan esa shaxsiy uchrashuv o‘tkazilishi ma'lum qilinmoqda.