11:21 / 10.06.2015
1979

Beeline abonentlari yozgi ta'til vaqtida rouming xizmatidan dunyoning 184 mamlakatida foydalanishlari mumkin

Beeline aloqa operatori ta'tillar boshlangan an'anaviy yozgi davrda abonentlarga dunyoning 184 mamlakatida mobil muloqotni amalga oshirish uchun imkoniyatni taqdim etadi, bu mamlakatlar orasida sayyohlar uchun keng tarqalgan yo‘nalishlar bilan bir qatorda ekzotik davlatlar ham mavjud.

«Uzoq masofalarga bo‘lgan safarlar davomida doimo aloqada bo‘lish juda muhim. Biz abonentlarimizni, turizm yoki biznes borasida qiziqish uyg‘otgan, dunyoning eng turli burchaklarida ishonchli aloqa bilan ta'minlashga intilamiz. Ovozli rouming va mobil internetdan tashqari, biz ahamiyatli ravishda CAMEL-rouming xizmatining qamrovini kengaytirmoqdamiz. Ushbu xizmat roumingda aloqadan hisobda minimal ijobiy balans mavjud bo‘lgan taqdirda ham foydalanish imkoniyatini beradi», – deb izoh berdi Unitel texnik direktori Yevgeniy Klyuchev.

Beeline 2010 yildan boshlab O‘zbekistondagi yetakchi rouming-operator bo‘lib kelmoqda. Beeline ovozli rouming xizmati dunyoning 184 mamlakatida 485ta xorijiy operator bilan ishonchli sheriklik aloqalari tufayli taqdim etilgan. Beeline abonentlari GPRS-roumingdan, kompaniya 354 mahalliy uyali aloqa kompaniyalari bilan hamkorlik qilayotgan, dunyoning 157 davlatida foydalanishlari mumkin. CAMEL-rouming xizmati kompaniya mijozlariga 100ta dunyo mamlakatlarida 214 operator tomonidan taqdim etiladi.

Top