Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyaning eng keksa vakili o‘zining 111 yillik tavallud ayomini nishonladi
Buyuk Britaniyaning eng keksa vakili Nazar Singx o‘zining 111 yillik tavallud ayomini nishonladi, deb xabar bermoqda The Daily Mirror nashri. Singx 1904 yil 8 iyunda Hindistonda tavallud topgan, 1965 yilda Angliyaga ko‘chib o‘tgan. Britaniyalik qariya ko‘p uxlaydi, sog‘lom turmush tarzi kechiradi va ba'zida o‘zining sevimli viskisidan iste'mol qilib turadi.
Singxning 9 nafar farzandi, 34 nafar nevarasi va 64 nafar evarasi bor. Uzoq umr ko‘ruvchi keksa 70 yil davomida o‘z rafiqasi bilan baxtli umr kechirgan. Biroq uning rafiqasi Narajan Kaur 12 yil avval vafot etgan. Britaniyalik hech qachon boshidan hech qanday jarrohlik amaliyotini o‘tkazmagan, uning eshitish qobiliyati hali ham juda yaxshi darajada saqlanib qolgan.
Joriy yilning boshida Singx Hindistonga o‘z oilasi bag‘riga qaytib bordi, hozirda u haqda ikki nafar to‘ng‘ich o‘g‘li va kelinlari qayg‘urmoqda.
Hozirda dunyodagi eng keksa odam AQShda istiqomat qiluvchi 116 yoshli Jyeralin Telli hisoblanadi.