Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:55 / 10.06.2015
4549
1 daqiqa o‘qiladi
Dushanbe shahri yaqinida uch opa-singil chaqmoq urishidan halok bo‘ldi
Tojikiston poytaxti yaqinida uch nafar opa-singil chaqmoq urishi tufayli olamdan o‘tdi. Bu haqda Interfaks xabar bergan.
"28 yoshli Nigina va 17 yoshli Marhabo voqea joyida halok bo‘ldi. 23 yoshli Mavluda Saidova esa shifoxonaga olib borilgach, jon berdi", deyiladi respublika FVV matbut xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, bu hodisa Dushanbe shahridan 10 km janubdagi Ro‘dakiy tumani hududida ro‘y bergan.
Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, Tojikistonda har yili o‘rtacha 4-5 kishi chaqmoq qurboniga aylanadi.
Ma'lumot uchun, Tojikiston tog‘lar bilan o‘ralgani uchun tez-tez xavfli chaqmoqlar sodir bo‘ladi.