Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 18:02 / 10.06.2015
2412
1 daqiqa o‘qiladi
Yevro-2016 uchun ilk chiptaga Fransua Olland ega chiqdi
UYeFA prezidenti Mishel Platini Fransiyada o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati o‘yinlari uchun ilk chiptani mamlakat prezidenti Fransua Ollandga topshirdi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berilgan.
Ma'lumot uchun, Yevro-2016 turniri keyingi yilning 10 iyunidan 10 iyuligacha bo‘lib o‘tadi. Turnirda Yevropaning 24 terma jamoasi ishtirok etadi.