12:29 / 10.06.2015
10224

Fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish jinoyatiga yangi og‘irlashtiruvchi band kiritildi

2015 yil 9 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 4 ta kodeks hamda 6 ta qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonunga imzo chekkanligi haqida xabar berilgandi.

Qonunga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga ham o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 131-moddasi (fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish) yangi og‘irlashtiruvchi band bilan to‘ldirildi.

Endilikda, mazkur jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, og‘irlashtiruvchi holat deb topiladi hamda olti oygacha qamoq yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Top