O‘zbekiston | 19:52 / 10.06.2015
2414
1 daqiqa o‘qiladi

Hokimlar deputatlarga hisobot topshiradi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 9 iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarida amaldagi qonunchilikni takomillashtirishdir.
Jumladan, “Joylarda davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar Xalq deputatlari kengashiga har yili viloyat, tuman va shahar hokimlari tomonidan hisobot topshirilishini nazarda tutadi. Hisobotda mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti natijalari hamda boshqa ma'lumotlar aks etishi kerak.
Qonunning to‘la matni bir qator markaziy nashrlarda, jumladan, “Xalq so‘zi” gazetasida e'lon qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish