Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada MERS virusi haqida mish-mish tarqatgan 8 kishi hibsga olindi
Janubiy Koreya politsiyasi Yaqin Sharq respirator sindromi koronavirusi MERS haqida mish-mish tarqatgan 8 kishini hibsga oldi. Bu haqda Yonxap agentligi axborot tarqatdi.
Qo‘lga olinganlarning 5 nafari tuhmat va mavqega putur yetkazishda ayblanmoqda: ular tanishlari bilan suhbatlashganda virus qaysi shifoxonalarda tarqatilganini sanab o‘tishgan. Yana ikki kishi o‘z ixtiyoriga ko‘ra shu shifoxonalar ro‘yxatini ommalashtirishda ayblanmoqda. Nihoyat, sakkizinchi gumondor o‘zini jurnalist sifatida tanishtirib, mish-mishlar tarqatgan.
Ayni kunlarda Koreyada virusga chalinganlar soni 108 kishiga yetdi, 7 kishi halok bo‘ldi. Ularni mamlakatdagi 35 shifoxona qabul qildi.