Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda ekstremistlar bilan aloqadorlikda gumon qilingan AQSh elchixonasi ishchisi qo‘lga olindi
Misrda ekstremistlar bilan aloqadorlikda gumon qilingan AQSh elchixonasi ishchisi qo‘lga olindi
AQShning Qohiradagi elchixonasida ishlaydigan kishi Misr xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan hibsga olindi. Daily News Egypt nashrining xabar berishicha, u diniy ekstremistlar guruhi bilan aloqa qilganlikda ayblanmoqda.
Elchixona vakillari maxsus bayonot berib, ushbu axborotni tasdiqladi. Ta'kidlanishicha, qo‘lga olingan ishchining ismi Ahmad Ali bo‘lib, u 42 yoshda. Ahmad Ali qorovul bo‘lib ishlagan.
Misr prokuraturasi uni “Hilvon brigadasi” terrorchi guruhi faoliyatiga daxldor deb hisoblamoqda. U brigada rahbari sifatida 13 qo‘poruvchilik harakatida ishtirok etgani aytilmoqda.