18:47 / 10.06.2015
2097

Misrdagi Karnak ibodatxonasi yaqinida portlash amalga oshirildi

Misrning janubida, al-Uqsur shahri yaqinida joylashgan mashhur Karnak ibodatxona majmuasida qo‘poruvchilik sodir etildi. Bu haqda mahalliy xavfsizlik xizmatlariga tayangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, tanasiga bomba boylagan kamikadze majmua yaqinida o‘zini havoga uchirgan. Guvohlar voqea joyida portlashdan aziyat chekkanlarni ko‘rganliklarini e'tirof etmoqda. Rasmiy ma'lumot berilmadi.
Norasmiy kanallar orqali ma'lum bo‘lishicha, yana ikkita qo‘poruvchilik harakatining oldi olingan.

Top