O‘zbekiston | 20:47 / 10.06.2015
5402
2 daqiqa o‘qiladi

Moliya vazirligi davlat byudjyetining 2015 yil 1-choragidagi daromadlarini e'lon qildi

Moliya vazirligi Hay'atining davlat byudjyetining 2015 yil birinchi choragidagi ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlikning rasmiy sayti orqali axborot berildi.

Hay'at yig‘ilishida davlat byudjyetining birinchi chorakdagi ijrosi, byudjyet ijrosi jarayonida G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va joriy yilni muvaffaqiyatli yakunlash uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar hamda Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2015 yil 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, hisobot davridagi davlat byudjyeti daromadlari sonlarda ifodalab berildi. Keltirilishicha, byudjyetning daromadlari 7 638.7 mlrd so‘mga, xarajatlari esa 7 615.6 mlrd so‘mga bajarilishi ta'minlanib, u yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0.1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjyeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjyetlari uchun belgilangan daromad ko‘rsatkichlari (o‘tkazib beriladigan daromadlar bilan birga) 3364.3 mlrd so‘mga yoki 100.8 foizga bajarildi; jami xarajatlarining qariyb 52.3 foizi yoki 3 981.5 mlrd so‘mi mahalliy byudjyetlardan moliyalashtirilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjyeti va mahalliy byudjyetlarning xarajatlari 98.2 foizga ijro etildi.

Shuningdek, respublika byudjyetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjyeti va mahalliy byudjyetlarga 567.7 mlrd so‘m maqsadli subventsiyalar, 367.9 mlrd so‘m o‘tkazib beriladigan daromadlar ajratildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish