06:57 / 10.06.2015
3599

Mourino Abramovichga tasanno aytishini tan oldi

Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino hech qachon klub darvozaboni Petr Chexni “Arsenal”ga qo‘yib yubormagan bo‘lishini ma'lum qildi. Shuningdek, Mourinyu ushbu masala bo‘yicha klub rahbariyatining istalgan qaroriga rozi bo‘lishini aytdi.

“Bilasiz, mening Chex haqidagi fikrim hech qanday ahamiyat kasb etmaydi, chunki klubning o‘z egasi bor va u qaror qabul qiladi. Men Abramovichga tasanno aytaman va uni juda hurmat qilaman. U ham o‘z navbatida klubga ko‘p narsa qilayotganlarni hurmat qiladi. O‘tgan mavsumgacha Chexda “Chelsi” bilan 10 yillik muvaffaqiyat bor edi. 10 yil davomida u klubga g‘alabalar olib keldi.

Shuning uchun men klub egasi qabul qilgan qarorga rozi bo‘lishimga to‘g‘ri keladi. Menga qolsa Chexni “Arsenal”ga bermagan bo‘lardim. Biroq rahbariyat boshqa qaror qabul qilsa, men bunga rozi bo‘laman”, deb aytdi Mourino.

Top