Jahon | 17:18 / 10.06.2015
2221
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev: xalqimiz Xudoga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmadi

Mustaqillik yillarida Qozog‘iston xalqi ruhiy qayta tug‘ilish bosqichidan o‘tdi. Bu haqda mamlakat rahbari Nursulton Nazarboyev Ostonada bo‘lib o‘tayotgan jahon va an'anaviy dinlar yetakchilari beshinchi s'yezdidagi chiqishid aytib o‘tdi.

“XXI asrda odamlar dinga bo‘lgan ishonchini yo‘qotgani yo‘q. Gellap xalqaro tadqiqot markazi ma'lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, insoniyatning yarmidan ko‘prog‘i, 60 foizi, o‘zlarini biror dinga mansub deb hisoblaydi”, – uning so‘zlarini keltiradi Zakon.kz nashri.
“Sovet davrida Qozog‘istonda dinsizlik rasmiy mafkuraga aylangandi. Lekin xalqimiz Xudoga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmadi”, – qo‘shimcha qildi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish