07:38 / 10.06.2015
1740

Neymar YeChL pley-off bosqichining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

UYeFA tomonidan YeChL guruh bosqichi va pley off bosqichining eng yaxshi futbolchilari aniqlandi. Unga ko‘ra "Shaxtyor" hujumchisi Luis Adriano guruh bosqichining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, Luis Adriano guruh bosqichi to‘purari bo‘ldi (9ta gol) va o‘tgan mavsum Krishtianu Ronaldu qayd etgan rekordni takrorladi.

"Barselona" hujumchisi Neymar esa pley off bosqichining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Yil uchrashuvi sifatida chorak finaldagi "Bavariya" va "Portu" o‘rtasida kechgan bahs (6:1) topilgan bo‘lsa, Eng yaxshi vaziyat nominatsiyasida "Monako" darvozaboni Daniyel Subashich "Arsenal"ga qarshi kechgan bahsda (0:2) Aleksis Sanchesning zarbasini qaytargani tan olingan.

Top