Jahon | 12:35 / 10.06.2015
1529
1 daqiqa o‘qiladi

Ostonada diniy yetakchilar s'yezdi boshlandi

10 iyun kuni Qozog‘iston poytaxtidagi Tinchlik va murosa saroyida jahon va an'anaviy dinlar yetakchilarining beshinchi s'yezdi ochildi. Tadbirning asosiy mavzui “Diniy yetakchilar va siyosatchilarning tinchlik va taraqqiyot yo‘lidagi dialogi” bo‘ladi.
Tadbirning ochilish marosimida va plenar yig‘ilishida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ishtirok etdi. S'yezd doirasida u BMT bosh kotib Pan Gi Mun va Iordaniya qiroli Abdulla II bilan uchrashadi.
Oq O‘rda matbuot xizmatining xabar berishicha, tadbirda 42 mamlakatdan 80 vakil ishtirok etmoqda.
Jahon va an'anaviy dinlar yetakchilarining birinchi s'yezdi 2003 yil Ostonada Nazarboyevning tashabbusi bilan o‘tkazilgan edi. Shundan buyon tadbir uch yilda bir marotaba o‘tkazib turiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish