21:08 / 10.06.2015
3337

Ozarbayjon YeXHTning Bokudagi idorasini yopishni talab qilmoqda

Ozarbayjon Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidan Bokudagi idorasini yopishni talab qildi. Bu haqda France 24 kanali xabar berdi.
“Ozarbayjon hukumat YeXHTni o‘z talabidan boxabar etdi”, – tan oldi idora matbuot kotibi Rashod Huseynov.
Ozarbayjon TIV idoraning yopilishiga bir oy muxlat berdi. Ayni paytda bu boradagi bahslar tashkilotning Venadagi shtab-kvartirasida davom etmoqda.

Top