Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin G7ni “qiziqishlar klubi” deb atadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning “Kuchli yettilik” bilan hech qanday rishtalar bog‘lamasligini va ushbu institutga “qiziqishlar klubi” sifatida qaralishini e'tirof etdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Bu so‘zlarni Rossiya yetakchisi Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi bilan o‘tkazgan suhbatidan so‘ng aytdi.
“Men bu institut biror-bir ma'niga ega bo‘ladi, biror muqobil fikr tug‘iladi deb o‘ylagandim. Lekin bizning hamkorlarimiz muqobil fikrga muhtoj emasliklarini namoyish qildilar. Bu ularning qarori. Lekin endi bu tashkilot emas. Bu qiziqishlar klubi, to‘garagidir. Biz bu formatga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz”, – uning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Shunga qaramay, Putin ushbu tashkilotga a'zo davlatlar bilan turli kanallar orqali aloqalar davom ettirilishiga umid bildirdi.