Jamiyat | 13:22 / 10.06.2015
2205
2 daqiqa o‘qiladi

Qallob Damas’ni Lacetti’ga almashtirib berish va'da qilib, mahalladoshlarini chuv tushirdi

35 yoshli Mo‘min Abdurazzoqov pul topish maqsadida turli ishlarga qo‘l urib, buning natijasida qamalib chiqqach, mahallasida “u yerda” tanishlar orttirib kelgani va mashinalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanishi haqida gap tarqatdi.
“Darakchi” gazetasining yozishicha, bir kuni u mahalladoshi Xayrullaning Damas mashinasini Lacetti’ga almashtirish niyati borligini eshitib qolib, uning oldiga bordi va aldov yo‘li bilan mashina hujjatlarini unga berishga undadi: go‘yoki mashina pulini olti oy “oborot”ga tikib, so‘ng foydaga qo‘shib egasiga Lacetti taqdim etishini aytdi. Bunga ishongan Xayrulla avtomobil hujjatlarini Abdurazzoqovga topshirdi. Ammo, oradan olti oy o‘tib, hech qanday mashinaga ega bo‘lmagach, aldanganini tushundi.
Bu orada Mo‘min Nexia mashinasi sotib olish niyatida yurgan Farhod ismli yigitdan aldov yo‘li bilan 11 700 dollar oldi. Mashina aytilgan paytda salondan chiqishiga ishontirib, aslida pullarni o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatib yubordi.
Mo‘minning “dovrug‘”ini eshitgan yana bir shaxs – Ulfat unga uchrab, ikkita Matiz mashinasini sotib, evaziga Lacetti olib berishni iltimos qildi. Natijada Mo‘min bu ikki mashinani ham pullab, mablag‘ni o‘zlashtirdi.
Ammo, oradan vaqt o‘tib, aldanganini tushungan odamlar uning ustidan IIBga shikoyat qilishdi. Natijada qallob qo‘lga olinib, jazoga tortildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish