Jamiyat | 19:54 / 10.06.2015
1588
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada 81 yoshli ayol geroin savdosi ustida qo‘lga tushdi

Permda 81 yoshli ayol geroin savdosi ustida qo‘lga tushdi. Bu haqda Perm o‘lkasi IIV vakiliga suyangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Bir necha hafta oldin nazorat ostiga olingan keksa ayol 1.5 kg geroinni sotayotganida qo‘lga olindi. Uning xonadonida olib borilgan tintuv asnosida 4 kg giyohvand modda topildi, shuningdek, ularning savdosidan qo‘lga kiritilgan pullar va ikkita mobil telefon topildi”, – deyiladi xabarnomada.
Ayolning o‘zi giyohvand moddalarni ko‘chadan topib olganini iddao qilmoqda. Shuningdek, u jinoyatning motivlarini “hayotda hamma narsani sinab ko‘rish kerak”ligi bilan tushuntirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish