Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 19:58 / 10.06.2015
2050
1 daqiqa o‘qiladi
Sud soliq to‘lashdan bosh tortganlikda ayblangan Messining appellyatsiyasini rad etdi
Barselona sudi "Barselona" hujumchisi Messining soliqlarni to‘lashdan bosh tortganligi bo‘yicha ishda navbatdagi eshittirishni o‘tkazdi. Bu haqda El Pais nashri xabar bergan.
Unda sud soliq to‘lashdan bosh tortganlikda ayblangan Messining appellyatsiyasini rad etdi.
Endi 27 yoshli futbolchi Ispaniya sudi oldida javob beradigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi va uning otasi Xorxe Messi 2006-2009 yillarda 4,1 million yevro miqdordagi soliqni to‘lamaganlikda ayblanmoqda. Ayblanuvchi tomon barcha aybni katta Messiga ag‘darib, futbolchining o‘zi o‘z pullarining qanday sarflanayotganidan bexabarligini aytgan.
Sud organlari futbolchining bu ishlardan bexabarligiga ishonmadi va buning uchun o‘zlarida yetarli dalillar mavjudligini bildirdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish