Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent-Qo‘ng‘irot-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Yo‘lovchilar oqimi ko‘paygani munosabati bilan Toshkent-Qo‘ng‘irot-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
54/53-raqamli ushbu poyezd 14 iyundan 6 sentabrgacha yakshanba kunlari qatnaydi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasining saytida ma'lum qilindi.
Poyezd Toshkentdan Qo‘ng‘irotga yakshanba kunlari 16:50 da, Qo‘ng‘irotdan seshanba kunlari 08:53 da Toshkentga qarab jo‘nab ketadi.
Qo‘ng‘irot – O‘zbekiston shimoli-g‘arbida, Qoraqalpog‘istondagi shahar bo‘lib, Amudaryo deltasida joylashgan, shahardan 8 km g‘arbroqdan Ustyurt platosi boshlanadi.