21:43 / 10.06.2015
4127

Toshkentda yosh ijrochilar tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida madaniyat va san'at kollejlari hamda musiqa akademik litseylari yosh ijrochilarining respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasi ma'lumot berdi.
Ta'kidlanishicha, madaniyat va sport ishlari hamda xalq ta'limi vazirliklari tomonidan o‘tkazilgan ushbu tanlovda hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 443 nafar o‘quvchi ishtirok etgan.
Tanlovning final bosqichi bir hafta davomida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi, V. Uspenskiy va R. Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan akademik litseylarida tashkil etildi.
Tadbirda tanlov g‘oliblariga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Top