09:18 / 10.06.2015
1916

Ukraina terma jamoasi Gruziya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida g‘alaba qozondi

Futbol bo‘yicha Ukraina terma jamoasi 9 iyun kuni Avstriyaning Tuln-Dunay shahridagi "Markus Xammer" o‘yingohida Gruziya termasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinda 57 va 67 daqiqalarda Artem Kravets va Yevgeniy Konoplyanka tomonidan urilgan gollarga 81 daqiqada Vatsadze tomonidan javob qaytarilgan.

Gruziya — Ukraina — 1:2
Gollar: Kravets, 57 (0:1); Konoplyanka, 67 (0:2); Vatsadze, 81 (1:2).
Ogohlantirish:  Xacheridi, 7.

Gruziya: Georgiy Loriya, Aleksandr Amisulashvili, Georgiy Navalovskiy, Ucha Lobjanidze (Kaxaber Aladashvili, '71), Lasha Dvali, Guram Kashiya (Lasha Salukvadze, '46), Aleksandr Kobaxidze, Jano Ananidze, Tornike Okriashvili (Levan Keniya, '46), Bachana Tsxadadze (Georgiy Chanturiya, '46), Valeriy Kazaishvili (Mate Vatsadze, '71)

UKRAINA: Denis Boyko, Oleg Gusev (Vyacheslav Shevchuk, '46), Yevgeniy Xacheridi, Yaroslav Rakitskiy, Ruslan Rotan (Anatoliy Timoshchuk, '46), Yevgeniy Konoplyanka (Denis Oleynik, '76), Nikolay Morozyuk, Pavel Ksenz, Taras Stepanenko (Sergey Rybalka, '46), Denis Garmash (Sergey Sidorchuk, '46), Yevgeniy Seleznev (Artem Kravets, '46)

Top