Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xavi: Luis Enrikening «Barselona»dagi yetakchiligiga shubha yo‘q
"Barselona" klubi sobiq yarim himoyachisi Xavi Ernandes jamoa bosh murabbiyi Luis Enrikening kataloniyaliklar bilan 2017 yilgacha shartnomani uzaytirganiga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
"Bilmadim, nega Luis Enrike "Barselona"da qolishiga ikkilanib bilan qaradi. U jamoaning haqiqiy yetakchisi hisoblanadi, bunga shubha yo‘q.
Nima uchun "Barselona"ni tark etishi kerak? Va qayerda o‘zini yaxshi his qiladi? Luis Enrike - jamoani ko‘tara olgan kuchli xarakterga ega inson", - deydi Xavi.
Eslatib o‘tamiz, jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangach, Enrike va Messi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgandi.