Sport | 08:40 / 11.06.2015
1477
1 daqiqa o‘qiladi

"Barselona" prezidentligi uchun saylov 18 iyulda bo‘lib o‘tadi

"Barselona" prezidentligi uchun bo‘ladigan saylovlar sanasiga aniqlik kiritildi. Bu haqda jamoa rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Jamoaning hozirgi prezidenti Jozep Bartomeu va sobiq prezidentlardan biri Joan Laporta ishtirok etadigan saylovda 18 iyul kuni ovoz beriladi.

Nomzodlar g‘alaba qozonish uchun klub a'zolarining 2534ta ovozini qo‘lga kiritishi lozim bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish