Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 13:52 / 11.06.2015
2558
1 daqiqa o‘qiladi
Beysbol va softbol 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlariga kiritilishi mumkin
Xalqaro beysbol va softbol uyushmasi ushbu sport turlarini 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish haqida murojaatnoma yo‘lladi.
Reuters agentligining xabar qilishicha, olimpiya dasturiga kiritilishi mumkin bo‘lgan barcha sport turlarining ro‘yxati 22 iyun kuni e'lon qilinadi. Ular ichida, beysbol va softboldan tashqari, snuker, karate va skvosh bo‘lishi aytilmoqda.