Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 06:32 / 11.06.2015
1860
1 daqiqa o‘qiladi
Yevro-2016 finali uchun eng arzon chiptaning narxi 85 yevro bo‘ladi
10 iyun kuni 2016 yilda Fransiyada o‘tkaziladigan Yevropa chempionati o‘yinlari uchun chiptalar chiqarilishi boshlandi. Bu haqda UYeFAning rasmiy saytida xabar berilgan.
Unga ko‘ra, turnirning guruh bosqichi o‘yinlari uchun eng arzon chiptalar 25 yevrodan qilib belgilangan.
O‘z navbatida Yevro-2016 finali uchun eng arzon chipta narxi 85 yevro, eng qimmat chipta narxi esa 895 yevroni tashkil etadi.
Ma'lumot uchun, Yevro-2016 turniri keyingi yilning 10 iyunidan 10 iyuligacha bo‘lib o‘tadi. Turnirda Yevropaning 24 terma jamoasi ishtirok etadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish