O‘zbekiston | 15:58 / 11.06.2015
1794
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada «O‘zbekiston infrastrukturasi / Farg‘ona vodiysi» xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda

«O‘zbekiston infrastrukturasi / Farg‘ona vodiysi» xalqaro ko‘rgazmasi joriy yilning 10-12 iyun kunlari Farg‘onada bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmalar o‘tkazishga ixtisoslashgan ITE Uzbekistan tashkillashtirgan ko‘rgazma ayni vaqtda bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘rgazma saytining yozishicha, ilk marta bunday tadbir Toshkentdan boshqa hududda o‘tkazilmoqda. Yangi loyiha Farg‘ona vodiysida ishbilarmonlik muhiti va binzes hamjamiyatini rivojlanishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Vengriya, Germaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Niderlandiya, Rossiya, Turkiya, Ukraina, Yaponii va boshqa mamlakatlarning 30dan ortiq korxonalari ishtirok etishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish