07:41 / 11.06.2015
2230

Germaniya terma jamoasi AQShga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida mag‘lub bo‘ldi

10 iyun kuni Germaniya va AQSh terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi.

Kyoln shahrida tashkil etilgan bu o‘yinda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qilishdi.

12 daqiqada Mario Gyottse tomonidan urilgan golga javoban Yurgen Klinsmann shogirdlari 2 marta to‘p kiritishdi. 41 va 87 daqiqalarda urilgan gollarga Mikkel Diskerud hamda Bobbi Vud mualliflik qildi.

Germaniya — SShA — 1:2
Gollar: Gyottse, 12 (1:0); Diskerud, 41 (1:1); Vud, 87 (1:2).
Ogohlantirishlar: Uilyams, 22; Yyedlin, 70.

Top