13:49 / 11.06.2015
1837

Jahon banki jahon yalpi ichki mahsulotining o‘sishi ko‘rsatkichlarini tushirdi

Jahon banki 2015 yil yakunlariga ko‘ra jahon yalpi ichki mahsuloti o‘sish ko‘rsatkichlarini 3 foizdan 2.8 foizga tushirdi. Bu haqda Reuters agentligi moliyaviy institutning “Global iqtisodiy istiqbollar” hisobotiga asoslangan holda xabar bermoqda.
Institut mamlakatlarni “kamarlarni boylash”ga, energiya resurslari, ayniqsa neft narxining tushishiga, AQSh kredit stavkalarining oshishiga tayyor turishga chaqirmoqda.
Jahon bankining yetakchi iqtisodchisi Kaushik Basu AQSh Federal zaxira tizimini asosiy stavkalarni oshirishni 2016 yilga qoldirishga chaqirdi, aks holda, mutaxassisning fikricha, bu global iqtisodiyotning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi.
Rivojlanayotgan davlatlardagi o‘sish istiqbollari 4.8 foizdan 4.4 foizga tushirildi. Iqtisodiyotning tushishi ayniqsa Rossiya va Braziliyada sezilarli bo‘ladi. Ayni paytda, Hindistonda o‘sish davom etib, 2015 yilda 7.5 foizni tashkil qiladi.
2016 va 2017 yillar uchun bashorat ko‘rsatkichlari o‘zgarishlarsiz – 3.3 va 3.2 foiz darajasida qoldirildi.

Top