16:43 / 11.06.2015
1623

Nazarboyev Iordaniya qiroli bilan uchrashdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Iordaniya qiroli Abdulla II bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashishdi.

Ikki davlat rahbari Ostonada bo‘lib o‘tayotgan Jahon va an'anaviy dinlar yetakchilari s'yezdi ishini muhokama qildi.
Nazarboyev Iordaniya va Qozog‘iston o‘rtasidagi yaqin munosabatlarga alohida e'tibor qaratdi.

“Oramizda har doim o‘zaro ishonchga asoslangan aloqalar bo‘lgan. Qozog‘iston sizning mamlakatingizga cheksiz hurmat bilan qaraydi. Sizning mintaqa barqarorligida o‘ynayotgan muhim rolingizni alohida ta'kidlab o‘tmoqchi edim”, – dedi Nazarboyev uchrashuv chog‘ida.
O‘z navbatida, Zakon.kz resursining ma'lum qilishicha, Iordaniya qiroli Nazarboyevga Qozog‘istonga taklif qilgani uchun minnatdorchilik bildirib, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashning ahamiyatiga urg‘u berdi.

Top