O‘zbekiston | 20:47 / 11.06.2015
1687
2 daqiqa o‘qiladi

Parlament komissiyasi 2 mlrd so‘mlik 15ta loyihani ma'qulladi

O‘zbekistonda Parlament komissiyasining ijtimoiy buyurtmalarni ajratish va 2015 yilda grant tanlovlarini o‘tkazish qarori omma ixtiyoriga havola etildi.

2015 yilning 10 iyunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik fondini boshqarish vositalari bo‘yicha Parlament komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlis davomida Parlament komissiyasi davlat ijtimoiy buyurtmalarini taqdim qilish bo‘yicha tanlov g‘oliblarini aniqladi, davlat grant tanlovlari va 2014 yilda davlat subsidiyalari mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanish monitoringi yakunlarini muhokama qildi hamda Parlament komissiyasi a'zolarining hisobotlari tinglandi.

Parlament komissiyasi majlisda o‘rnatilgan tartibda nodavlat notijorat tashkilotlari, OAVlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmalarini taqdim qilishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha qaror qabul qildi: 2 mlrd so‘mlik 15ta loyiha qo‘llab-quvvatlandi. Davlat ijtimoiy buyurtmasi g‘oliblari ro‘yxati, davlat buyurtmachilari va ijtimoiy buyurtma faoliyati yo‘nalishlari OAVlarda hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoatchilik fondi rasmiy saytida chop etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish