Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:27 / 11.06.2015
1289
1 daqiqa o‘qiladi
Polshada uch vazir va seym spikeri iste'foga chiqdi
Polsha bosh vaziri Yeva Kopach uch nafar vazir – moliya, sog‘liqni saqlash hamda sport vazirlari iste'foga ketganini ma'lum qildi.
Shuningdek, Polsha seymi spikeri Radoslav Sikorskiy ham iste'foga chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, Polshada 25 may kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovining ikkinchi turi yakunlariga ko‘ra mamlakatdagi yirik muxolifat partiyasi “Qonun va adolat” yetakchisi Andjyey Duda g‘alaba qozondi.
Duda uchun 51,55 foiz saylovchilar, amaldagi prezident Bronislav Komorovskiy uchun 48,45 foiz saylovchilar ovoz bergandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish