08:08 / 11.06.2015
3967

Putin Rim papasi bilan uchrashuvga uzoq davom etgan muzokaralar va sekin harakatlangan kortej sababli kech qoldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rim papasi Frantsisk bilan uchrashuvga Milanda uzoq davom etgan muzokaralar sababli 1 soatga kech qoldi. Bu haqda Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskovga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.

“Haqiqatan ham papa bilan uchrashuv rejalashtirilgandan biroz kechroq boshlandi. Bu Milanda cho‘zilib ketgan muzokaralar hamda prezident korteji Milan va Rim ko‘chalari bo‘ylab biroz sekin harakatlangani sababli yuz berdi”, deb aytdi Peskov.

Peskovning aytishicha, barcha ushlanishlar haqida Vatikan oldindan ogohlantirilgan.

Top