Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Erdo‘g‘an Bokuda Suriyadagi vaziyatni muhokama qiladi
Rossiya va Turkiya prezidentlari Bokuda uchrashuv o‘tkazadi. Uchrashuvda qo‘shma energetik loyihalar va hamda Suriyadagi vaziyat muhokama qilinadi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bergan ma'lumotlarga qaraganda, bu uchrashuv muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
“Birinchidan, ular ko‘pdan buyon uchrashuv o‘tkazmadi, shunga qaramay, Rossiya va Turkiya savdo-iqtisodiyot, investitsiya sohalarida, turli yo‘nalishlaridagi yirik investitsion loyihalar bo‘yicha hamkor bo‘lib qolmoqda. Shu bois ikki davlat rahbari uchrashuvining kun tartibi juda keng, buning ustiga, Turkiyada yaqindagina parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Peskovning aytishicha, birinchi galdagi masalalar Suriyadagi vaziyat va qo‘shma energetik loyihalar istiqboli bo‘ladi.