11:06 / 11.06.2015
1793

Xitoyda g‘arq bo‘lgan turistik kema ishi bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari 15 mln dollarni tashkil qildi

XXRning sug‘urta regulyatori Yantszi daryosi ostiga ketgan “Sharq yulduzi” sayohat kemasi ishi bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarining umumiy miqdorini 92.5 mln yuan (14.91 mln mln dollar) deb belgiladi. Halokat 400 kishini hayotdan olib ketdi.

Sug‘urtalashni boshqarish komissiyasining konferensiyasi chog‘ida aytilishicha, sug‘urta kompaniyalari halokat bilan u yoki bu darajada bog‘liq 340 jismoniy va yuridik shaxslar bilan shartnomalarga ega bo‘lgan. Ular orasida oddiy yo‘lovchilardan tortib turistik agentliklar va kema egalarigacha bor.

Shanghai Securities News nashrining yozishicha, “Chuntsin sharqiy paroxodchilik” kompaniyasiga tegishli kema 15.7 mln iyunga (2.5 mln dollar) Xitoy xalq sug‘urta kompaniyasi tomonidan sug‘urtalangan. Bu pullarning 10 mln yuani to‘lab bo‘lingan.

Eslatib o‘tamiz, halok bo‘lgan kema bortida 456 kishi bo‘lgan, ularning 405 nafari yo‘lovchilar, 46 nafari ekipaj a'zolari va 5 nafari turistik agentliklari vakillari bo‘lgan. Faqatgina 14 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan, 434 kishi esa halok bo‘ldi.

Top