Texnologiya | 20:05 / 11.06.2015
3052
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada “Yulduzlar jangi” filmidagi robotga o‘xshash o‘zi yuruvchi muzlatgich yaratildi

Yaponiyaning maishiy elektronika ishlab chiqaruvchi Haier Asia kompaniyasi “Yulduzlar jangi” filmidagi R2-D2 roboti ko‘rinishidagi o‘zziyurar muzlatgichni namoyish qildi.

Muzlatgich filmdagi robotning aksiga aynan o‘xshash bo‘lib, robotga xos bo‘lgan yurish, aylanuvchi “bosh”, ovozlar va yonib-o‘chuvchi lampochkalarni takrorlaydi. Biroq qurilma kinodagi robotdan farqli ravishda avtonom holda emas, balki pult yordamida boshqariladi. Haier Asia prezidenti Yesiaki Ito o‘zi yuruvchi muzlatgich nimaga kerak bo‘lishini quyidagicha tushuntirib berdi: “Siz o‘zingizning sevimli filmingizni tomosha qilyapsiz va undan ko‘zingizni uzgingiz kelmayapti. Biroq sizni chanqoq bosmoqda. Bunday holda muzlatgich sizning yoningizga kelsa yomon bo‘lmasdi”.

Robot ichiga o‘rnatilgan muzlatgich kamerasi ikkiga bo‘lingan. U 12tagacha alyuminiy idish yoki 1-2ta yarim litrli plastik idishdagi ichimliklarni saqlashi mumkin. Muzlatish uchun kompressor emas, balki termoelektrik o‘zgartgichdan foydalaniladi.

Muzlatgich elektr motor yordamida kichkina g‘ildiraklarda harakatlanadi va pastqam to‘siqlardan o‘ta oladi. Muzlatish, harakatlanish, yorug‘lik va tovush effektlari iste'mol qiladigan energiya hisobga olinsa, ehtimol qurilmaning akkumulyatorini har kuni quvvatlashga to‘g‘ri kelinadi. Muzlatgichlar keyingi yildan sotuvga chiqarilishi rejalashtirilmoqda, biroq uning narxi ma'lum qilinmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish