Sport | 11:01 / 11.06.2015
2209
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada dunyodagi eng yirik suzuvchi quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi

Yaponiyaning Kyocera kompaniyasi tomonidan Xyogo prefekturasida joylashgan Kasay shahrida dunyodagi eng yirik suzuvchi quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Stantsiya 2.3 megavatt quvvatga ega bo‘lib, rasman may oyining oxirida iste'molga topshirilgan. Stantsiyani qurishda 9.072 ming fotogalvanik panellar ishlatilgan. Har bir modulning quvvati 255 vattni tashkil qiladi. Modul platformasining umumiy maydoni 25 ming metr kvadratni tashkil etadi.

Yangi elektr stansiyasi yiliga 2680 megavatt/soat energiya ishlab chiqarishga qodir. Bu 820 uy xo‘jaliklarini elektr bilan ta'minlashga yetadi.

2015 yilning martida kompaniya shu prefekturada ikkita suzuvchi elektr stansiyasini ishga tushirgan edi.

Ularning umumiy quvvati 2.9 megavvatni tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish