Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaqin 20 yil ichida MDH davlatlarida yangi samolyotlarga talab keskin pasayadi
Yaqin 20 yil ichida MDH davlatlarida yangi samolyotlarga dunyodagi eng kam talab bo‘ladi va 1,15 ming donani tashkil qiladi, deb prognoz qilmoqda AQShning Boeing aviasozlik konsernining marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Rendi Tinset.
Yaqin 20 yil ichida yangi samolyotlar sotib olish bo‘yicha Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari yetakchilik qiladi. Bu mintaqa aviakompaniyalariga 14,33 ming dona yangi samolyot to‘g‘ri keladi. 2034 yilgacha yangi samolyotlarga jahon bo‘yicha umumiy talab 38,05 ming donani tashkil qiladi.
Talab bo‘yicha 2-o‘rinni Shimoliy Amerika qit'asi 7,89 ming dona samolyot bilan, 3-o‘rinni Yevropa qit'asi 7,89 ming dona samolyot bilan egallaydi. Yaqin Sharq aviakompaniyalari ko‘rilayotgan davr mobaynida 3,18 mingta, Lotin Amerikasi aviakompaniyalari esa 3,02 mingta, Afrika qit'asi davlatlari esa 1,17 mingta yangi samolyot sotib olishi prognoz qilinmoqda.