16:17 / 12.06.2015
2186

Andijonlik ohak ishlab chiqaruvchi 15 kunda gaz tarmoqlariga 13 mln so‘m zarar keltirdi

Andijonlik Nasibullo Tojiboyev o‘z uyida ohak pishirish faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida noqonuniy ravishda gaz tarmog‘iga ulanib oldi. Bundan tashqari, u o‘z faoliyatini tegishli tartibda hujjatlashtirmay, noqonuniy tijorat faoliyati bilan shug‘ullana boshladi.
“Huquq” gazetasining xabar qilishicha, 15 kunlik faoliyati davomida Nasibullo “Vodiygazta'minot” unitar korxonasi Andijon shahar filiali manfaatlariga 13 mln so‘m zarar keltirgan.
Huquq-tartibot xodimlari uning faoliyati fosh qilib, javobgarlikka tortdi.

Top