00:30 / 12.06.2015
6317

AQSh Rossiya ukrainaliklarga yetarlicha baho bermaganini aytdi

AQShning BMTdagi doimiy vakili Samanta Pauer Rossiya ukrainaliklarga yetarlicha baho bermaganini va uning Ukrainaga nisbatan rejalari barbod bo‘lganini aytdi.

Bu haqda Pauer Kiyevdagi nutqi davomida aytib o‘tdi.

“Kreml sizning Maydanda boshlagan jarayondan o‘tishdagi qat'iyatligingizga yetarlicha baho bermadi. Rossiya yangi Ukraina hukumati islohotlarga e'tiborni mujassamlashtirmasdan, harbiy tahdid bilan bosib olinadi, deb umid bildirgan edi”, deb aytdi Pauer.

Pauer Vashington Qrim Ukrainaga qaytarilmaguniga qadar tinchlanmasligini aytdi.

Top